Traktor va avtomobillarning turg‘unligi
Har bir haydovchi avtomobil “chambaragini” tutar ekan uning harakatlanishga yaroqli ekanligini tekshirib ko‘rishi lozim. Bundan tashqari o‘zi boshqarayotgan transport vositasining turg‘unligini yaxshi tushuna bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugun 16 aprel 2017 yil 08:30da “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti Umirov Noshir Tuxtaboevichning “Traktor va avtomobillarning turg‘unligi”mavzusida 3-kurs talabalariga Ochiq ma’ruza taqdim etdi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Dotsent o‘z ma’ruzasida talabalarga quyidagi ma’lumotlarni reja asosida birma-bir tushintirib o‘tdi:
Qishloq va suv xo‘jaligi yuklarini tashish hajmining ko‘p qismini g‘ildirakli va zanjir tasmali traktorlar yordamida amalga oshiriladi. G‘ildirakli traktorlarni yillik foydalanish ishlarini taqsimlanishi shuni ko‘rsatadiki, umumiy ish vaqtini 50% dan ortig‘i transport ishlarini bajarishga sarflanadi.
Traktor va avtomobillarni turg‘unligi ularni bo‘ylama va ko‘ndalang nishabliklarda ag‘darilmay ishlay olish xususiyati bilan tasniflanadi. Traktor va avtomobillarni ag‘darilmasdan turaoladigan eng katta (so‘ngi) balandlik yoki pastlik burchagini chegaraviy statik balandlik yoki pastlik burchagi deb atab alim harf bilan belgilanadi.
Agar g‘ildirakli traktorni bo‘ylama tekislikda oldingi g‘ildiraklari traktor og‘irligidan to‘liq yuksizlanganda ularga yer tomonidan ta’sir qiluvchi reaksiya kuchi Up=O bo‘lsa traktor ag‘darilib ketadi. Bunda traktorni barcha og‘irlik yuklamasi orqa g‘ildiraklar tomonidan qabul qilinadi va ularga yer tomonidan ta’sir qiluvchi reaksiya kuchi Uk=Gcosalim bo‘ladi.
Og‘irlik kuchini yerga parallel yo‘nalgan tashkil etuvchisi Gsinalim ta’sirida traktor g‘ildiraklari pastlikka yumalab ketmoqchi bo‘ladi. Bu holat bo‘lmasligi uchun traktorni orqa g‘ildiraklariga Rt tormoz kuchi ta’sir qiladi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti